Maka Bochorishvili: YUNESKO Bosh konferensiyasining Samarqandda o'tkazilishi O'zbekiston Prezidentining o'ziga xos yetakchi ekanligini namoyon etadi
Oktabr 29, 2025. 17:27 • 2 daq
• 108
SAMARQAND, 29-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Gruziya tashqi ishlar vaziri Maka Bochorishvili Samarqandda boshlanayotgan YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasi arafasida "Dunyo" AA uchun bergan intervyusida mazkur forumning ahamiyati haqidagi fikrlarini bildirdi.
– Eng avvalo, YUNESKO Bosh konferensiyasining aynan shu yerda, O'zbekistonda – tarix va madaniyatga boy, go'zal Samarqand shahrida o'tishi haqiqatan ham noyob hodisadir. Bu, O'zbekiston uchun tarixiy lahza, men uchun esa, bu yerda bo'lish va bu betakror makonni kashf etish katta mamnuniyatdir.
Samarqandda Bosh konferensiyaning o'tkazilishi O'zbekistonning va shaxsan Prezidentning o'ziga xos yetakchiligini, shuningdek, mamlakatni jahon sahnasi markaziga olib chiqishga bo'lgan intilishini namoyon etadi. Biz, gruzinlar bu yerda bo'lishni ajoyib imkoniyat deb hisoblaymiz. Gruziya va O'zbekiston o'rtasidagi munosabatlarga katta ahamiyat beramiz va ular jadal rivojlanmoqda.
Gruziya ham o'z tarixi va madaniy merosga boy davlat. YUNESKO doirasidagi hamkorlik biz uchun juda muhim. Biz ushbu tashkilot bilan samarali hamkorlik yo'lga qo'yganmiz va gruzin madaniyatini ilgari surish hamda gruzin tarixi butun dunyoda yaxshi tanilishi biz uchun juda muhimdir.
Biz, turli sivilizatsiya va madaniyatlarni birlashtiruvchi joyda ekanligimiz juda muhim. Bu, haqiqatan ham, noyob makondir. Gruziya ham axborot va kommunikatsiyalar haqida so'z ketganda muhim rol o'ynaydi. O'zbekiston kabi Gruziya ham Buyuk ipak yo'lining tiklanishida asosiy ishtirokchi hisoblanadi. Biz, qadimiy Ipak yo'lini yangi formatda ilgari surish va hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun tegishli ishlarni amalga oshiryapmiz.
Samarqand – bu boy tarix va madaniyatga ega va betakror go'zal shahardir. Bu yerda bo'lish va bu go'zal shaharni o'zimiz uchun kashf etish barchamizga shodlik bag'ishlayapti.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Stefan Krayevskiy: O‘zbekiston Polshaning Markaziy Osiyodagi asosiy hamkori
Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo: muhim strategik loyihalar amalga oshirilmoqda