Logo

Muhammad Zubayr Ashraf Usmoniy: Kambag'allikka qarshi kurashish bo'yicha O'zbekiston modeli ko'plab davlatlar uchun namuna bo'lishi mumkin

Sentabr 18, 2025. 11:38 • 44 soniya

264
Muhammad Zubayr Ashraf Usmoniy: Kambag'allikka qarshi kurashish bo'yicha O'zbekiston modeli ko'plab davlatlar uchun namuna bo'lishi mumkin

NAMANGAN, 18-sentabr. /"Dunyo" AA/. "Habib Bank Ltd" shariat kengashi raisi Muhammad Zubayr Ashraf Usmoniy (Pokiston) "Dunyo" AA uchun intervyusida Namanganda o'tayotgan "Kambag'allikdan farovonlik sari" III xalqaro forumining ahamiyati haqidagi fikrlarini bayon qildi.

– Men kambag'allikni qisqartirish bo'yicha III xalqaro forumda ishtirok etishdan mamnunman. Forumning "Kambag'allikdan farovonlik sari" mavzusi jamiyatda kambag'allikni qisqartirish uchun nihoyatda muhim va dolzarbdir.

O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ochilish marosimidagi nutqini katta qiziqish bilan tingladim. Uning nutqi ma'lumotlarga boy va ilhomlantiruvchi edi. Davlatingiz rahbari hukumatning kambag'allikka qarshi kurashish bo'yicha amalga oshirayotgan muhim dasturlari aniq belgilab berdi va bu sa'y-harakatlar o'z samarasini bermoqda.

Kambag'allikka qarshi kurashish global muammo va O'zbekiston modeli esa ko'plab davlatlar uchun namuna bo'lishi mumkin. Men xalqaro hamjamiyatni ushbu tashabbusni o'rganishga, bu muammoga e'tibor qaratishga, o'z tajribalarini bo'lishga chaqirmoqchiman.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish