Logo

Numan Kurtulmush: Bugun O'zbekiston jadal rivojlanmoqda va uning xalqaro maydondagi nufuzi ortib bormoqda

Aprel 09, 2025. 09:09 • 5 daq

129
Numan Kurtulmush: Bugun O'zbekiston jadal rivojlanmoqda va uning xalqaro maydondagi nufuzi ortib bormoqda

TOSHKENT, 9-aprel. /"Dunyo" AA/. Toshkent shahrida ilk bor bo'lib o'tayotgan Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley Assambleyasi xalqaro miqyosdagi eng nufuzli siyosiy tadbirlardan biri sifatida tarixga kirmoqda. "Dunyo" AA muxbiri ushbu yuqori darajadagi anjumanda ishtirok etayotgan Turkiya Buyuk millat majlisi raisi Numan Kurtulmush bilan mazkur tadbir, parlamentlararo aloqalar, mintaqaviy hamkorlik va O'zbekistonning xalqaro maydondagi o'rni xususida suhbatlashdi.

– Rais janoblari, suhbatimizni Toshkentda bo'lib o'tayotgan Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley Assambleyasi haqidagi fikrlaringiz bilan boshlasak. Ushbu tadbirning xalqaro miqyosdagi ahamiyati, shuningdek, anjumanning Markaziy Osiyoda ilk marotaba O'zbekistonda bo'lib o'tayotganini qanday baholaysiz? Bu O'zbekistonning xalqaro maydondagi o'rni, unga bo'lgan ishonchini qay darajada aks ettiradi?

– Mana shunday muhim va nufuzli xalqaro anjumanning Toshkentda bo'lib o'tayotgani beqiyos ahamiyatga ega. Avvalo, buni O'zbekistonning so'nggi yillarda turli sohalarda jadal sur'atlarda rivojlanib, xalqaro maydondagi nufuzining ortib borayotgani bilan izohlash mumkin, deb o'ylayman. Parlamentlararo ittifoq Assambleyasi kabi yirik va nufuzli xalqaro anjumanning aynan O'zbekiston zaminida o'tkazilishi – mamlakatda ijtimoiy taraqqiyot, tinchlik va yana-da adolatli dunyo qurishga intilish borasida kuchli siyosiy irodaning mavjudligini anglatadi. Assambleya doirasida o'tayotgan muhokamalar, rasmiy tadbirlar va uchrashuvlar yuqori saviyada tashkil etilgani esa mamlakatning bu boradagi salohiyati va mas'uliyatini yana bir bor namoyon etmoqda.

O'zbekistonning bunday muhim xalqaro anjumanga mezbonlik qilayotgani, shubhasiz, uning kelajakda ham ko'plab global muloqotlar markaziga aylanishi uchun mustahkam zamin yaratadi. Bu esa davlatning xalqaro maydondagi mavqei va tanilishiga salmoqli hissa qo'shadi. Chunki, yuzlab nufuzli mehmonlar — parlament rahbarlari, senatorlar, deputatlar ishtiroki, shuningdek tadbirning dunyoning ko'plab mamlakatlari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilayotgani jarayonning ahamiyatini yana-da oshirmoqda.

         Men O'zbekiston xalqini, hukumatini va parlamentini samimiy tabriklayman va bunday yuksak darajadagi mezbonlik uchun chuqur minnatdorlik bildiraman.

– Parlamentlararo muloqotning global barqarorlik va tinchlikni ta'minlashda o'ziga xos o'rni bor. Assambleyaning "Ijtimoiy taraqqiyot va adolat uchun parlament harakati" mavzusi doirasida o'tkazilishi ham bejizga emas. Shunday ekan, biz ushbu Assambleyadan qanday amaliy natijalar, hamkorlik tashabbuslari yoki barqaror kelajakka yo'naltirilgan takliflarni kutishimiz mumkin?

– Albatta, bunday muhim xalqaro platformada dolzarb masalalarning ochiq va erkin muhokama qilinayotganining o'zi katta yutuq. Shu o'rinda bir haqiqatni alohida ta'kidlashni istardim, biz parlament a'zolari nafaqat o'z xalqlarimizning vakillari, balki global vijdonning ham so'zlovchilarimiz. Ha, biz dunyo hamjamiyati nomidan adolat, tinchlik va haqlilikni baralla tilga olishimiz, insoniyatning umumiy muammolariga hamdard bo'lishimiz shart. Parlamentlar faqat qonunlar ishlab chiqiladigan yoki qabul qilinadigan joy emas, balki butun insoniyat oldidagi eng muhim muammolar muhokama qilinadigan, yechimlar izlanadigan ochiq minbarga aylanishi kerak. Ayniqsa, hozirgi kunda dunyo muammolari global tus olgan bir paytda, ularning yechimi ham global bo'lishi lozim.

ishtirokchining bu jarayonga chin dildan va yuksak mas'uliyat bilan yondashishi aynan mana shu yo'ldagi eng muhim qadamlardan biridir.

– O'zbekistonda so'nggi yillarda parlament mavqeini oshirish borasidagi harakatlar faollashib, islohotlar o'z samarasini ko'rsatmoqda. Shu o'rinda, Turkiya tomonining O'zbekiston bilan kelgusida parlamentlararo o'zaro aloqalarni kengaytirish yuzasidan tashabbus yoki rejalari qanday?

– Turkiya va O'zbekiston tarixan ildizlari mushtarak, bugun esa do'stlik va birodarlik rishtalari bilan yana-da mustahkam bog'langan davlatlardir. Mamlakatlarimiz rahbarlari – muhtaram Shavkat Mirziyoyev va Rejep Tayyip Erdog'an o'rtasidagi iliq va yaqin munosabatlar bugungi kunda nafaqat ikki tomonlama siyosiy hamkorlikda, balki xalqaro maydonda ham o'zining yorqin ifodasini topmoqda. Shu jihatdan, ikki davlat parlamentlari ham bu iliq munosabatlarga munosib tarzda hissa qo'shishi, mavjud aloqalarni yana-da chuqurlashtirishi zarur, deb hisoblayman. Parlament diplomatiyasi imkoniyatlaridan to'liq va samarali foydalanish – bugungi kun talabidir. Xususan, do'stlik guruhlari faoliyatini jadallashtirish, xalqaro platformalarda turk va o'zbek deputatlarining yaqindan hamkorlikda ishlashi, shuningdek, parlamentlarimiz o'rtasidagi institutsional yaqinlikni mustahkamlash muhim ahamiyatga ega.

Mana shunday yaqin do'stona aloqalarni kengaytirish masalalarini muhokama qilish maqsadida joriy aprel oyida O'zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbayevaning Turkiyaga tashrifi rejalashtirilgan. Tashrif doirasida Istanbul va Anqarada yuqori darajadagi uchrashuvlar bo'lib o'tadi hamda ikki mamlakat parlamentlari o'rtasida anglashuv memorandumi imzolanishi ko'zda tutilgan. Bu hujjat, albatta, tomonlar o'rtasidagi yaqin hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishida mustahkam asos bo'lib xizmat qilishiga ishonchim komil.

– O'zbekistonga tashriflaringiz davomida yodingizda qolgan, sizga chuqur ta'sir qilgan biror voqeani biz bilan bo'lisha olasizmi? Sizning nafaqat bir mamlakat parlamenti rahbari, balki yurtimizga mehr bilan qaraydigan turkiyalik inson sifatidagi fikr-mulohazalaringiz ham biz uchun qiziq. Umuman, O'zbekiston sizni nimasi bilan o'ziga jalb qiladi, nimalar sizda chuqur taassurot qoldirgan?

– O'zbekistonga har gal tashrif buyurganimda yuragim yangi va unutilmas xotiralar bilan to'ladi. Bu mening to'rtinchi tashrifim bo'lishiga qaramay, yurtingiz menga yangidan-yangi taassurotlar, ruhiy farog'at bag'ishladi. O'zbekiston – bu buyuk Movarounnahr sivilizatsiyasining yuragi, ilm va irfon markazi bo'lgan muqaddas zamindir. Bir tomonda Mirzo Ulug'bek, Ali Qushchi kabi buyuk allomalarning ilmiy izlari bo'ylab sayr qilasiz, boshqa tomonda esa Abdulholiq G'ijduvoniy va Bahouddin Naqshband singari ulug' mutafakkirlar merosi orqali tasavvuf va ma'naviyat olamiga sho'ng'iysiz. Shuningdek, Imom Moturidiy, Imom Termiziy, Imom Buxoriy kabi ulug' allomalarning bebaho ilmiy-ma'naviy merosi bu yurtda hali-hanuz yashab kelayotganini chuqur his etamiz.

 Mazkur tashrifim davomida Xivaga borish baxti nasib etdi. Ushbu qadimiy shahar ham menga unutilmas lahzalarni tuhfa qildi. Ayniqsa, Xivada Islom hamkorlik tashkiloti tomonidan o'tkazilgan Yoshlar forumi doirasida tashkil etilgan yoshlar bilan muloqot menda katta taassurot qoldirdi. 500 dan ortiq universitet talabalari va Xiva yoshlarining dunyoqarashi, bilimi va fidoyiligi meni hayratga qoldirdi. Biz ular bilan Islom sivilizatsiyasining yangi bosqichi, ayniqsa muhtaram Prezident Shavkat Mirziyoyev ilgari surgan Uchinchi Renessans g'oyasi haqida fikr almashdik. Bugun 300 milliondan ortiq aholini birlashtirgan turkiy dunyo makonida yoshlar porlayotgan yulduzlardek, ko'zga tashlanmoqda. Xivada aynan ana shunday aqlli, tafakkurli, o'ziga ishongan, bilimli yoshlar bilan muloqot qilganimdan g'oyat mamnun bo'ldim. Bu uchrashuv men uchun nafaqat bir voqea, balki ruhiyatimga chuqur singgan iliq bir xotira bo'lib qolajak.

Shu bois, har bir ishtirokchi o'z fikrini ochiq ifoda etishi, tinchlik, adolat, haqlilik va insoniy qadriyatlarni himoya qilish yo'lida nima qilinishi mumkinligi borasida erkin mulohaza yuritishi kerak, deb o'ylayman. Albatta, birgina anjumanda barcha muammolarga yakuniy yechim topib bo'lmaydi. Biroq eng asosiysi – umumiy fikrlash, global mas'uliyat va hamjihatlik ruhini shakllantirishdir. Har bir

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish