Pyao Yanfan: Termiz muloqoti Markaziy va Janubiy Osiyoda tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash uchun juda muhim va foydali platformadir
May 21, 2025. 13:30 • 59 soniya
• 57
TERMIZ, 21-may. /"Dunyo"AA/. Shanxay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibining o'rinbosari Pyao Yanfan "Dunyo" AA uchun intervyusida 19-21-may kunlari Termiz shahrida bo'lib o'tayotgan Markaziy va Janubiy Osiyoning o'zaro bog'liqligi bo'yicha Termiz muloqotining birinchi yig'ilishining ahamiyati haqidagi fikrlarini bildirdi:
– Termiz muloqoti Markaziy va Janubiy Osiyoda tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash uchun juda muhim va foydali platformadir. Shuning uchun tashkilotimiz Bosh kotibi janob Nurlan Yermekbayev meni ushbu tadbirda ishtirok etish, o'z pozitsiyalarimizni bildirish, shuningdek, barcha manfaatdor tomonlarning fikrlarini tinglash uchun yubordi.
Ushbu muhim tashabbusni uyushtirgan o'zbekistonlik hamkorlarimizga samimiy minnatdorligimni bildiraman. Termiz muloqoti kelgusida ham davom etishiga umid qilamiz.
Forumning eng nozik, ammo hayotiy muhim masalalaridan biri Afg'oniston taqdiri bilan bog'liq. Bu masalani uchta asosiy jihatga bo'lish mumkin.
Birinchidan, tashkilotimizga a'zo barcha davlatlar Afg'onistonning giyohvandlik, terrorizm va urushlardan xoli, mustaqil, neytral, tinch davlatga aylanishi tarafdori.
Ikkinchidan, biz Afg'onistonda tinchlik va xavfsizlikni ta'minlash, shuningdek, barqaror rivojlanishga ko'maklashishga qaratilgan barcha xalqaro sa'y-harakatlarni qo'llab-quvvatlaymiz.
Uchinchidan, Afg'oniston hukumatida barcha etnosiyosiy guruhlarning kengroq vakilligini ta'minlash zarurligiga ishonchimiz komil.
Bu, mohiyatan, ShHTning asosiy yondashuvi va pozitsiyasidir.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Stefan Krayevskiy: O‘zbekiston Polshaning Markaziy Osiyodagi asosiy hamkori
Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo: muhim strategik loyihalar amalga oshirilmoqda