Rafikul Choudxuri: Biz kelajak avlodlar oldida ilm-fan, ta'lim va madaniy merosni saqlash uchun mas'ulmiz
Oktabr 31, 2025. 11:58 • 2 daq
• 166
SAMARQAND, 31-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Samarqandda o'tayotgan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi ishtirokchisi Bangladesh oliy ta'lim vaziri Rafikul Choudxuri "Dunyo" AA uchun intervyusida mazkur anjumanning ahamiyati haqidagi fikrlarini bildirdi:

– Menimcha, bu juda muhim. YUNESKO global tashkilotdir. Butun dunyo uning asosiy boshqaruv organi – Bosh konferensiyaning ahamiyatini tan olishi, tinglashi va e'tirof etishi vaqti keldi
Biz, Bangladesh vakillari, bugun ushbu tashkilotning vaqtinchalik raisligini o'z zimmamizga olishdan juda mamnunmiz. Biz Bangladesh rahbarligida katta muvaffaqiyatlarga erishamiz, deb ishonamiz. Tashkilot yangi qoidalarni ishlab chiqishga, shuningdek, fan, texnologiya, ta'lim va madaniyat sohalarida qarorlar qabul qilishga ko'maklashadi va hukumat sifatida biz ham o'z hissamizni qo'shishga qat'iy intilamiz.
Madaniyat juda muhim va bugungi dunyoda ko'plab farqlar mavjud va biz BMT Nizomining ba'zi tamoyillaridan chetga chiqa boshlaganga o'xshaymiz. Shu munosabat bilan, biz, albatta, bag'rikenglik masalasi muhimligiga va madaniyat turli xalqlar va jamoalarni birlashtirishda muhim rol o'ynashiga ishonamiz kerak.
YUNESKOning institut sifatidagi ahamiyatini kam baholab bo'lmaydi va biz uning ishida muhim rol o'ynashimiz mumkin. Yuqorida ta'kidlaganimdek, biz bo'lingan dunyoda yashayapmiz.
BMT Nizomida mustahkamlangan tamoyillarni qayta ko'rib chiqish va ularni ilgari surish vaqti keldi.
Biz kelajak avlodlar oldida bizga meros o'tgan ilm-fan, ta'lim va madaniy merosini saqlab qolish uchun mas'ulmiz. Biz buni qilishimiz kerak. Ushbu muhokama shakllanayotgan Samarqanddan yaxshiroq joy yo'q va menimcha, bu Bangladesh va boshqa mamlakatlar uchun bu masalani ilgari surishda uzoq muddatli hissa bo'ladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Stefan Krayevskiy: O‘zbekiston Polshaning Markaziy Osiyodagi asosiy hamkori
Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo: muhim strategik loyihalar amalga oshirilmoqda