Roza Otunbayeva: Bizning maqsadimiz muloqotni muhim loyihalarni amalga oshirishga turtki bo'ladigan ilhomlantiruvchi g'oyalar manbaiga aylantirish darajasiga olib chiqish
May 21, 2025. 12:08 • 2 daq
• 51
TERMIZ, 21-may. /"Dunyo" AA/. BMTning Afg'onistonga yordam ko'rsatish bo'yicha missiyasi rahbari Roza Otunbayeva "Dunyo" AA uchun intervyusida 19-21-may kunlari Termiz shahrida bo'lib o'tayotgan Markaziy va Janubiy Osiyo o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik bo'yicha Termiz muloqotining birinchi yig'ilishining ahamiyati haqidagi fikrlarini bildirdi:
– Birinchidan, dunyo tobora globallashib bormoqda. Bugun biz aslida bitta katta "global qishloq"da yashayapmiz. Shu nuqtai nazardan, Markaziy Osiyoga eng yaqin mintaqa Janubiy Osiyo hisoblanadi. Bu hududlardagi xalqlar madaniyati, urf-odatlari va ko'p hollarda hatto tili bilan ham bir-biriga yaqin.
Shu bois xalqlarimiz turmush darajasini yuksaltirishga qaratilgan bunday anjuman nihoyatda dolzarb va ahamiyatlidir. Bu birinchi konferensiya, ishonchim komilki, forumni boshqalar ham kuzatib boryapti. Birgalikda muhokama qilishni va yechim izlashni talab qiladigan ko'plab dolzarb muammolar bor.
Bugun biz mintaqadagi barcha mamlakatlar vakillari ishtirokida o'ziga xos "aqliy" hujumga guvoh bo'lamiz. Janubiy Osiyo boy bo'lgan intellektual salohiyatdan yana-da faol foydalanish juda muhim. Kelgusida bunday muhokamalar yana-da mazmunli va samarali bo'lishiga ishonaman.
Bizning maqsadimiz muloqotni muhim loyihalarni amalga oshirishga ilhomlantiruvchi g'oyalar manbaiga aylantirish darajasiga olib chiqishdir. Bu esa o'z navbatida, muhim va zarur loyihalarni amalga oshirishga turtki bo'ladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Stefan Krayevskiy: O‘zbekiston Polshaning Markaziy Osiyodagi asosiy hamkori
Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo: muhim strategik loyihalar amalga oshirilmoqda