Simonetta Siligato: O'zbekistondagi islohotlar samarali natijalarni ko'rsatmoqda va aholiga sezilarli foyda keltirmoqda
Sentabr 18, 2025. 12:08 • 2 daq
• 267
NAMANGAN, 18-sentabr./ "Dunyo" AA/. BMTning Loyiha xizmatlari bo'yicha (UNOPS) Avstriyadagi vakolatxonasi direktori Simonetta Siligato "Dunyo" AA uchun intervyusida Namanganda o'tayotgan "Kambag'allikdan farovonlik sari" III xalqaro forumining ahamiyati haqida fikrlarini bayon qildi:

– Men Namanganda kambag'allikni qisqartirish bo'yicha xalqaro forumda ishtirok etib, O'zbekiston hukumati so'nggi 30 yil davomida erishgan ajoyib natijalar haqida bilganimdan juda mamnunman. Mamlakat kambag'allikni sezilarli darajada qisqartirdi va barqaror rivojlanishning ko'plab sohalarida – iqtisodiyot, qishloq xo'jaligi, ijtimoiy sohada muvaffaqiyatlarga erishdi. Bularning barchasi xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik tufayli amalga oshirildi. UNOPS milliy sog'liqni saqlash tizimini mustahkamlash bo'yicha O'zbekiston hukumati bilan Osiyo taraqqiyot banki, Osiyo infratuzilma investitsiya banki va Islom taraqqiyot banki kabi tashkilotlar bilan hamkorlik qilishdan faxrlanadi.
O'zbekiston Prezidenti rahnamoligida amalga oshirilayotgan islohotlar yuksak samaralar ko'rsatib, aholiga sezilarli foyda keltirmoqda. Uning rahbarligi o'z xalqi, uning kelajagi haqida chinakam qayg'urishining yorqin namunasidir.
Bu islohotlarning aniq natijalari, ayniqsa, taassurot uyg'otmoqda. Tobora ko'proq bolalar ta'lim olmoqda, yoshlar oliy o'quv yurtlariga o'qishga kirmoqda, xotin-qizlarning ta'lim olish imkoniyatlari kengaymoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev bilimli ayol nafaqat o'z hayotini, balki kelajak avlod taqdirini ham o'zgartirishini to'g'ri ta'kidladi. Xotin-qizlarning roli va ta'limga qaratilayotgan ushbu strategik e'tibor mamlakat kelajagiga qo'yilgan sarmoya bo'lib, butun jamiyat uchun foyda keltiradi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Stefan Krayevskiy: O‘zbekiston Polshaning Markaziy Osiyodagi asosiy hamkori
Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo: muhim strategik loyihalar amalga oshirilmoqda