O'zbekiston eksportyorlari Qozog'istonning yangi Soliq kodeksiga kiritilgan o'zgarishlar bilan tanishdi
Oktabr 24, 2025. 19:04 • 32 soniya
• 18
OQTOV, 24-oktabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Bosh konsulxona tashabbusi bilan Qozog'istonning yangi Soliq kodeksiga eksport bo'yicha kiritilgan o'zgarishlarga bag'ishlangan vebinar o'tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Vebinarda O'zbekiston oziq-ovqat sanoat uyushmasi, O'zbekiston mebel va yog'ochsozlik sanoati korxonalari uyushmasi, O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi qoshidagi Savdo rivojlantirish korxonasi, O'zbekiston qurilish materiallari sanoati uyushmasi vakillari qatnashdi.
O'zbekiston eksportchilari uchun Qozog'iston soliq tizimidagi o'zgarishlar, xususan to'lov miqdorlarining oshirilganining sabablari va to'lash tartiblari tushuntirildi.
O'zbekistonlik eksportchilar o'rtasida mazkur o'zgarishlarni targ'ib qilish maqsadida Qozog'iston Britaniya Savdo palatasi va xalqaro "Ernst & Young" konsalting kompaniyasi qo'shma tadbirlarni tashkil etishga kelishib olindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
AQShning eng yirik savdo tarmoqlarida o‘zbek oziq-ovqat mahsulotlari sotiladi
Kuvaytga ilk bor 23 tonna qora mayiz eksport qilindi
O‘monlik ishbilarmonlar bilan eksport-import masalasida fikr-mulohaza almashildi