Ispaniyaning Kalatayud shahrida O'zbekistonning jahon bozoriga kirib borish imkoniyatlariga bag'ishlangan biznes-seminar tashkil etildi
Oktabr 04, 2025. 12:59 • 2 daq
• 79
KATALYUD, 7-oktyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasi tashabbusi bilan Ispaniyaning Kalatayud shahrida "Viveros Verón" kompaniyasi bilan hamkorlikda "Kelajak mevalari: seleksiyadan brendgacha" mavzusida biznes-seminar tashkil etildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tadbirda O'zbekistonning agrar sohadagi salohiyati taqdimoti o'tkazildi. Seminar ishtirokchilari respublika agrar sektorining strategik rivojlanishi hamda O'zbekistonning meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksport qilishdagi noyob imkoniyatlari haqida ma'lumotga ega bo'ldilar.
Qayd etilganidek, qishloq xo'jaligi O'zbekiston uchun oziq-ovqat xavfsizligining poydevori, millionlab fuqarolar bandligi manbai va eng jadal eksport sektorlaridan biridir. Ichki ehtiyojlarni ham, eksportni ham ta'minlovchi barqaror rivojlanish drayveriga aylangan meva-sabzavot yetishtirishga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Bugungi kunda O'zbekiston quritilgan olxo'ri, o'rik, shaftoli, gilos, mayiz, yong'oq va dukkakli ekinlar eksporti bo'yicha jahon yetakchilari qatoriga kiradi.
Taqdimotda O'zbekistonning eksport natijalari haqidagi ma'lumotlar ham taqdim etildi. Ta'kidlanganidek, bugungi kunda eksport Turkiya, Xitoy, Rossiya, BAA, Germaniya, Buyuk Britaniya, Yaponiya va Kanadani o'z ichiga olgan 16 ta yangi mamlakatni qamrab olgan bo'lib, 2025 yilning birinchi olti oyida oziq-ovqat eksporti 44 foizga oshgan.
O'zbekiston salohiyatining taqdimoti qatnashchilarda katta qiziqish uyg'otdi, bu esa mamlakatning xalqaro meva-sabzavot bozoridagi strategik ishtirokchilardan biri sifatidagi o'sib borayotgan rolini tasdiqladi.
Seminar ishtirokchilari O'zbekiston bilan hamkorlikda katta istiqbollarni ko'rayotganlarini ta'kidladilar.
Tadbirda turli mamlakatlardan 20 dan ortiq kompaniya vakillari, jumladan, agrar va oziq-ovqat sektorining yetakchi ishbilarmon doiralari vakillari, shuningdek, Kalatayud shahri hokimi Xose Manuel Aranda ishtirok etdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
AQShning eng yirik savdo tarmoqlarida o‘zbek oziq-ovqat mahsulotlari sotiladi
Kuvaytga ilk bor 23 tonna qora mayiz eksport qilindi
O‘monlik ishbilarmonlar bilan eksport-import masalasida fikr-mulohaza almashildi