Al-Kuvayt shahrida O'zbekiston mahsulotlari ko'rgazmasi tashkil etildi
Oktabr 03, 2025. 12:13 • 33 soniya
• 68
AL-KUVAYT, 3-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Kuvayt poytaxtida O'zbekiston mahsulotlari ko'rgazmasi tashkil etildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Mazkur ko'rgazmada Kuvaytning bir qator vazirlik va idoralari rahbarlari hamda yetakchi investor va tadbirkorlar ishtirok etdi.
O'zbekiston tomonidan Sirdaryo, Jizzax, Farg'ona, Samarqand va Toshkent viloyatlari hamda Qoraqalpog'istondagi kelgan eksportyor qatnashdi.
Ko'rgazma maydonida "Nasser Trading Agro", "Nukus kun qurilish", "BMD Green Food", "Fotima hamkor Agro", "Central Asia Motors", "Otaman Textile" va "Orient organic technology", "Uzkabel", "Apiteks" va "Dilrabo Travel" kompaniyalari o'z mahsulotlarini namoyish qildi.
Ko'rgazma doirasida O'zbekiston va Kuvayt kompaniyalari vakillari ishtirokida B2B uchrashuvlari tashkil etildi. Ularda O'zbekiston mahsulotlarining Kuvaytga bozoriga eksportini kengaytirish bo'yicha kelishib olindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Kuvaytda o‘zbek mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil etildi
AQShning eng yirik savdo tarmoqlarida o‘zbek oziq-ovqat mahsulotlari sotiladi
Kuvaytga ilk bor 23 tonna qora mayiz eksport qilindi