O'zbekiston to'qimachilik mahsulotlarining Misrga eksporti oshadi
Sentabr 13, 2025. 16:55 • 35 soniya
• 74
QOHIRA, 19-sentabr. /"Dunyo" AA/. Mamlakatimiz elchixonasi diplomatlari Misrning "Baxt Textile" va "Egypt Cotton" kompaniyalari rahbarlari bilan onlayn muzokara o'tkazdilar, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Misr vakillari O'zbekiston paxtasi va yuqori sifatli ip-kalava hamda tayyor kiyim-kechaklarni xarid qilish istagida bildirdi.
"O'zbekistonning ip-kalava mahsulotlarining sifati juda yuqori ekanligini yaxshi bilamiz. Shu bois, yurtimizdan xorijga eksport ko'lamini oshirish, yangi bozorlarga chiqish va chet ellik hamkorlar safini kengaytirish uchun kompaniyamiz imkoniyatlarini ishga solishga tayyormiz", – dedi "Egypt Cotton" kompaniyasi rahbari Sameh Muhammad.
Muloqot yakunida "Baxt Textile" va "Egypt Cotton" kompaniyalari va O'zbekiston korxonalar o'rtasida hamkorlik aloqalarini o'rnatish hamda mamlakatimizdan mahsulotlar eksportini yo'lga qo'yishga kelishib olindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
AQShning eng yirik savdo tarmoqlarida o‘zbek oziq-ovqat mahsulotlari sotiladi
Kuvaytga ilk bor 23 tonna qora mayiz eksport qilindi
O‘monlik ishbilarmonlar bilan eksport-import masalasida fikr-mulohaza almashildi