Logo

Buxoro viloyatida yetishtirilgan 1,2 tonna ho'l meva Kuvaytga eksport qilindi

Iyun 19, 2025. 11:15 • 33 soniya

84
Buxoro viloyatida yetishtirilgan 1,2 tonna ho'l meva Kuvaytga eksport qilindi

AL-KUVAYT, 19-iyun. /"Dunyo" AA/. O'zbekistondan Kuvaytga ho'l mevalarning navbatdagi partiyasi eksport qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O'zbekiston elchixonasi ko'magida Buxoro viloyati Buxoro tumanidagi "National Agroforte" kompaniyasi va Kuvaytning "Star Fruit Co." kompaniyasi o'rtasida tashkil etilgan muzokaralar yakunida erishilgan kelishuvga binoan O'zbekistondan 1,2 tonnaga yaqin ho'l mevalarni eksport qilishga erishildi.

Jumladan, kuni kecha yurtimizda yetishtirilgan gilos, o'rik, shaftoli kabi mevalar Kuvaytga yetkazib berildi. 

 "Star Fruit Co. for foodstuffs, vegetables and fruits" kompaniyasi 1991-yilda tashkil etilgan. Kompaniya o'tgan yillar davomida yangi meva va sabzavotlarni Kuvaytdagi restoranlar va besh yulduzli mehmonxonalarga yetkazib berish bilan shug'ullanadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish