Logo

Xitoyning Xunan provinsiyasida Andijon viloyatining iqtisodiy salohiyati taqdimot qilindi

Oktabr 30, 2025. 19:34 • 36 soniya

87
Xitoyning Xunan provinsiyasida Andijon viloyatining iqtisodiy salohiyati taqdimot qilindi

CHANSHA, 30-oktabr. /"Dunyo" AA/. Xitoyning Chansha shahrida "Andijon viloyati – Xunan provinsiyasi: savdo-iqtisodiy, investitsiya va turizm hamkorligi" mavzusidagi biznes-forum tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Andijon viloyati hokimligi delegatsiyasining Xitoyga safari davomida tashkil etilgan forum mamlakatimizning Guanchjoudagi Bosh konsulxonasi ko'magida o'tkazildi.

Tadbirda "yashil" energetika, farmatsevtika va tibbiyot, qurilish materiallari, elektrotexnika, qishloq xo'jaligi kabi sohalarda faoliyat yuritayotgan biznes doiralari vakillari ishtirok etdi.

O'tkazilgan taqdimotlar davomida viloyatining iqtisodiy imkoniyatlari, mavjud infratuzilma, drayver tarmoqlar va xorijiy investorlar uchun yaratilgan imtiyoz va preferensiyalar tizimi to'g'risida batafsil ma'lumot berildi.

Forum ishtirokchilari Andijon viloyati bilan amaliy hamkorlikni yo'lga qo'yish, hududda istiqbolli savdo va investitsiyaviy qo'shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan kelishib oldilar.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish