Kuvayt bozorida O'zbekistonda ishlab chiqarilgan milliy liboslarga qiziqish ortmoqda
Dekabr 23, 2023. 10:49 • 2 daq
• 134
AL-KUVAYT, 23-dekabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning Kuvaytdagi elchixonasida «Gulf Mysore general trading company W.L.L» kompaniyasi ijrochi direktori Anupam Jayn bilan uchrashuv bo'lib o'tdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda O'zbekistonda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni xorijiy davlatlarga eksport hajmini yanada oshirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv avvalida suhbatdoshga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli o'zgarishlar, o'zbek mahsulotlarining eksporti uchun taqdim etilayotgan imtiyozlar, xorijiy importyorlar uchun yaratilgan qulayliklar haqida batafsil ma'lumot berildi.
Anupam Jayn o'z navbatida, kompaniyaning Kuvaytda bir necha savdo tarmoqlari mavjudligini ta'kidladi.
- Biz O'zbekiston elchixonasi ko'magida joriy yilning oktyabr-noyabr oylarida O'zbekistondan umumiy qiymati 15 ming AQSh dollariga teng bo'lgan 500 dona kashta va so'zana kabi milliy liboslarni import qildik, – dedi u. – Hozirgi kunda paxta va ipakdan tayyorlangan 5000 dona tayyor kiyimlarni xarid qilish ustida ishlayapmiz. Mazkur xaridni amalga uchun kelgusi yil yanvar oyida O'zbekistonga borishni rejalashtiryapmiz.
«Gulf Mysore general trading company W.L.L» kompaniyasi ijrochi direktori, shuningdek, O'zbekistondagi fabrika va kompaniyalar rahbarlari bilan hamkorlikni yo'lga quyish uchun muzokaralar o'tkazishga tayyorligini ma'lum qildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi