Logo

O‘zbek to‘qimachilik mahsulotlari Ozarbayjon bozorida ko‘paymoqda

Aprel 22, 2026. 11:25 • 2 daq

167
O‘zbek to‘qimachilik mahsulotlari Ozarbayjon bozorida ko‘paymoqda
O‘zbek to‘qimachilik mahsulotlari Ozarbayjon bozorida ko‘paymoqda
O‘zbek to‘qimachilik mahsulotlari Ozarbayjon bozorida ko‘paymoqda
O‘zbek to‘qimachilik mahsulotlari Ozarbayjon bozorida ko‘paymoqda

BOKU, 22-aprel. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning to‘qimachilik sanoati vakillaridan iborat delegatsiya Boku shahriga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

O‘zbekiston elchixonasi tomonidan tashkil etilgan mazkur xizmat safarida “Yuksalish tekstil”, “Textile Pro Group”, “Fashion premium”, “Grand tex groups”, “Sofiya sof tekstil”, “Bahmal Textil”, Usmon Nur Tekstil, “UZtex group”, “Rayonaxon” kabi yurtimizning 15 dan ortiq yetakchi mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishtirok etdi.

Ozarbayjon tomonidan muzokaralarda to‘qimachilik mahsulotlarini import qilish va tarqatishga ixtisoslashgan 30 dan ortiq kompaniya hamda savdo markazlari vakillari qatnashdi. Ishtirokchilarga o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlari taqdim etilib, B2B formatidagi uchrashuvlar o‘tkazildi.

Tadbir yakunida Ozarbayjonning yirik savdo majmualarida savdo maydonlari va omborxonalar tashkil etish, o‘zbek to‘qimachilik mahsulotlari shourumlarini ochish hamda joriy yilda ozarbayjonlik distribyutorlarning O‘zbekistonga tashrifini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Taʼkidlash joizki, Ozarbayjonda to‘qimachilik mahsulotlari importi yiliga 1 milliard dollargacha yetadi. So‘nggi besh yilda mamlakatda to‘qimachilik mahsulotlariga bo‘lgan talab 2,5 barobarga oshgan. O‘zbekistondan Ozarbayjonga to‘qimachilik mahsulotlari eksporti hajmi esa 27 million AQSH dollarini tashkil etadi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish