O'zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar Malayziyadagi xalqaro ko'rgazmada namoyish etilyapti
Sentabr 19, 2025. 16:29 • 2 daq
• 71
KUALA-LUMPUR, 19-sentabr. /"Dunyo" AA/. Joriy yilning 17-20-sentabr kunlari Kuala-Lumpur shahrida bo'lib o'tayotgan XXI Malayziya Xalqaro halol mahsulotlar ko'rgazmasida (MIHAS) ilk bor O'zbekiston pavilyoni namoyish etilmoqda, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Pavilyon O'simliklar karantini va himoyasi agentligi, Savdo-sanoat palatasi qoshidagi "Savdoni rivojlantirish kompaniyasi" AJ va mamlakatimiz elchixonasi ko'magida tashkil etildi.
Bu yilgi "MIHAS" ko'rgazmasida duyoning 70 ga yaqin davlatidan 2 mingdan ortiq halol sanoatida ishlab chiqaruvchi va xizmat ko'rsatuvchi kompaniyalar o'z pavilyonlari bilan ishtirok etmoqda.
Xususan, mamlakatimizning 10ga yaqin oziq-ovqat korxonalari va eksportchilari ham o'z mahsulotlarini namoyish qilmoqda. Jumladan, mazkur xalqaro ko'rgazmada nafaqat mamlakatimiz balki dunyo bozorlarini tobora egallab borayotgan "EximAgro", "Frutata", "UzKand", "Zomin Asali", "Paradise", "Delice", "Foodmaxx" kabi taniqli brendlarning oziq-ovqat mahsulotlari taqdim etilyapti.
O'zbekistondan keltirilgan sarxil mevalar ko'rgazmaning mahalliy va xorijiy tashrif buyuruvchilarida katta taassurot qoldirdi.
To'rt kun davom etadigan tadbir mamlakatimiz korxonalariga Malayziya va boshqa xorijiy davlatlarning chakana savdo tarmoqlari, ulgurji savdo va importyor kompaniyalari vakillari bilan to'g'ridan-to'g'ri muzokaralar olib borish imkonini beradi.
Ko'rgazmaga Malayziya va dunyoning 70dan ortiq mamlakatidan jami 45 mingdan ziyod mehmonlar tashrif buyurishi hamda umumiy qiymati 1 milliard dollardan ziyod savdo bitimlari imzolanishi kutilmoqda.
"MIHAS"– bu Malayziyada har yili o'tkaziladigan xalqaro miqyosdagi eng yirik halol mahsulotlar ko'rgazmaci hisoblandi. Shuningdek, u butun dunyo bo'ylab halol sanoatining asosiy ishtirokchilarini birlashtiruvchi muhim platforma hamdir.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
AQShning eng yirik savdo tarmoqlarida o‘zbek oziq-ovqat mahsulotlari sotiladi
Kuvaytga ilk bor 23 tonna qora mayiz eksport qilindi
O‘monlik ishbilarmonlar bilan eksport-import masalasida fikr-mulohaza almashildi