"Made in Uzbekistan" brendi ostidagi qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat sanoati mahsulotlari Singapurda namoyish etildi
Oktabr 27, 2025. 19:18 • 44 soniya
• 70
SINGAPUR, 27-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Shu yilning 17-18-oktyabr kunlari Singapurda "Made in Uzbekistan" brendi ostidagi O'zbekiston qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat sanoati mahsulotlari ko'rgazmasi tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Unda mamlakatimizda yetishtirilayotgan tabiiy va ekologik toza ho'l va quritilgan mevalar, za'faron, yong'oq, dukkaklilar va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlari namoyish etildi. Ushbu eksportbop mahsulotlar o'zining yuqori sifati va tabiiyligi bilan singapurlik xaridorlar e'tiborini tortdi.
Ko'rgazma davomida Singapurning ko'plab importchi kompaniya va savdo tashkilotlari, jumladan "Sheng Siong", "Mustafa Centre", "Hao mart", "Hupco" kabi yirik savdo tarmoqlari O'zbekiston mahsulotlariga katta qiziqish bildirdi. Tomonlar o'rtasida dastlabki muzokaralar o'tkazilib, mahalliy mahsulotlarni Singapur bozoriga yetkazish bo'yicha kelishuvlarga erishdi.
Bo'lib o'tgan ko'rgazma O'zbekistonning eksport salohiyatini oshirish hamda Singapur va umuman Janubiy-Sharqiy Osiyo mintaqasi bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada mustahkamlash yo'lidagi muhim qadam bo'ldi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
AQShning eng yirik savdo tarmoqlarida o‘zbek oziq-ovqat mahsulotlari sotiladi
Kuvaytga ilk bor 23 tonna qora mayiz eksport qilindi
O‘monlik ishbilarmonlar bilan eksport-import masalasida fikr-mulohaza almashildi