O'zbekistonda ishlab chiqarilgan konserva mahsulotlari Shvetsiyaga eksport qilinmoqda
Oktabr 30, 2025. 07:55 • 36 soniya
• 93
STOKGOLM, 30-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Namangan viloyatidagi "Nateco Impex" MCHJ va Shvetsiyaning "Midyat Import AB" kompaniyalari o'rtasida konservalangan tok bargi mahsulotini yetkazib berish bo'yicha shartnoma imzolandi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
O'zbekiston diplomatik vakolatxonalari tomonidan olib borilayotgan iqtisodiy diplomatiya doirasidagi ishlar natijasida milliy mahsulotlarning Skandinaviya bozorlariga eksporti oqimi va nomenklaturasi tobora ortib bormoqda.
Xususan, Stokgolm shahrida o'tkazilgan O'zbekiston milliy mahsulotlari yarmarkasining natijasi o'laroq, Namangan viloyatining "Nateco Impex" MCHJ va Shvetsiyaning "Midyat Import AB" korxonalar o'rtasida konservalangan tok bargi mahsulotini yetkazib berish bo'yicha eksport shartnomasi imzolandi.
Ushbu mahsulotning birinchi partiyasi iyun oyida, keyingi partiyasi esa oktyabr oyida eksport qilinib, Shvetsiyaning yirik savdo tarmoqlari rastalarida joylashtirildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
AQShning eng yirik savdo tarmoqlarida o‘zbek oziq-ovqat mahsulotlari sotiladi
Kuvaytga ilk bor 23 tonna qora mayiz eksport qilindi
O‘monlik ishbilarmonlar bilan eksport-import masalasida fikr-mulohaza almashildi