May oyida O'zbekistondan Kuvaytga 3,2 tonna ho'l meva eksport qilindi
Iyun 03, 2025. 16:44 • 34 soniya
• 79
AL-KUVAYT, 3-iyun. /"Dunyo" AA/. Joriy yilning may oyida O'zbekistondan Kuvaytga 3,2 tonnaga teng bo'lgan ho'l meva eksport qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Xususan, Buxoro tumanidagi "National Agroforte" kompaniyasi va Kuvaytning "Star Fruit Co." kompaniyasi o'rtasidagi kelishuvga binoan O'zbekistondan 1 tonna miqdoridagi ho'l mevalar Kuvaytga yetkazib berildi. Shuningdek, "National Agroforte" va "Suma Fruits International Co." kompaniyalari kelishuv asosida yurtimizdan ushbu davlatga 1,5 tonna gilos va o'rik eksport qilindi.
Termiz shahridagi "S-Agro Termiz Orchards" kompaniyasi esa Kuvaytning "Star Fruit Co." kompaniyasiga yarim tonnadan ziyod yassi shaftoli va gilos sotdi.
Joriy yil may oyida O'zbekistondan Kuvaytga umumiy vazni 3,2 tonnaga teng bo'lgan ho'l mevalar yetkazib berildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Kuvaytda o‘zbek mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil etildi
Kuvayt bozorlariga o‘zbek mahsulotlari eksporti oshiriladi
AQShning eng yirik savdo tarmoqlarida o‘zbek oziq-ovqat mahsulotlari sotiladi