Logo

O'zbek kinoijodkorlari Amir Bahodir Yalangto'shga bag'ishlangan tarixiy badiiy film ishladi

Fevral 20, 2024. 12:52 • 35 soniya

1451
O'zbek kinoijodkorlari Amir Bahodir Yalangto'shga bag'ishlangan tarixiy badiiy film ishladi

TOSHKENT, 20-fevral. /"Dunyo" AA/ O'zbek kinoijodkorlari Samarqand amiri, atoqli sarkarda, Registon bunyodkori Amir Bahodir Yalangto'shga bag'ishlangan tarixiy badiiy film ishladi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Jahongir Ahmedov rejissyorligidagi "Amir Bahodir Yalangto'sh" filmining jang sahnalari "Nomad Stan's" xalqaro kaskadyorlar jamoasi ishtirokida suratga olindi. Ushbu jamoa xalqaro kaskadyorlar akademiyasi mukofoti – "Taurus" (kaskadyorlar Oskari)ga sazovor bo'lgan.

Jamoa ko'plab Gollivud filmlarida jang sahnalarini qo'yishda ishlagan bo'lib, ularning so'nggisi rejissyor va prodyuser Ridli Skotning "Napoleon" filmi hisoblanadi.

Amir Bahodir Yalangto'shga bag'ishlangan filmda o'zbek aktyorlari bilan birga Qozog'iston va Qirg'iziston kinoyulduzlari ham suratga tushishgan. Ushbu kartina premyerasi joriy yil Navro'z bayrami arafasida bo'lib o'tadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish