O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarovning Janubiy Koreyaga amaliy tashrifi boshlandi
Aprel 16, 2024. 11:36 • 36 soniya
• 334
SEUL, 16-aprel. /Dunyo" AA/. Janubiy Koreyada bo'lib turgan vatandoshlarimizga muqaddas Islom dinining asl mohiyati to'g'risida ma'lumotlar berish va ularning diniy-ma'rifiy savodxonligini yanada oshirish maqsadida bugun O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarovning Janubiy Koreyaga amaliy tashrifi boshlandi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tashrif dasturiga ko'ra, Koreya Musulmonlar federatsiyasi (Korea Muslim Federation) rahbariyati bilan uchrashuv, O'zbekiston musulmonlari idorasi bilan Koreya musulmonlar federatsiyasi o'rtasida hamkorlik to'g'risida memorandumni imzolash, ushbu mamlakatda istiqomat qilayotgan vatandoshlar uchun diniy-ma'rifiy mavzuda ma'ruzalar tashkil etish rejalashtirilgan.
Qayd etish kerakki, bu O'zbekicton musulmonlari idorasi raisining Janubiy Koreyaga ilk tashrifidir.
Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov hazratlarining Janubiy Koreyaga tashrifi 18-aprelga qadar davom etadi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Doha forumi doirasida Termiz muloqotining strategik ahamiyati taqdim etildi
Nukus va Samarqand YUNESKOning Global taʼlim shaharlari tarmog‘iga qo‘shildi