Logo

O'zbekistonga ilk bor bir oyda 1 milliondan ko'p xorijiy sayyoh keldi

May 07, 2025. 14:39 • 35 soniya

716
O'zbekistonga ilk bor bir oyda 1 milliondan ko'p xorijiy sayyoh keldi

TOSHKENT, 7-may. /"Dunyo" AA/. 2025-yil aprel oyida O'zbekistonga 1 milliondan ziyod xorijiy sayyoh keldi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Turizm qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, bu mamlakatimizda turizm sohasida olib borilayotgan izchil islohotlar, xususan, ochiqlik va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash natijasidir.

O'zbekiston Prezidentining turizmni strategik tarmoq sifatida rivojlantirishga qaratilgan farmon va qarorlari hamda sohaga investitsiyalar jalb etilishi, vizasiz rejimlarni kengaytirish, xalqaro turistik yarmarka va forumlarda faol ishtirok etish mamlakatimiz jozibadorligini yana-da oshirmoqda.

Kelgusida ham sohani yana-da rivojlantirish, xalqaro standartlarga mos xizmat turlarini kengaytirish hamda ekologik va barqaror turizm yo'nalishlarini qo'llab-quvvatlash orqali O'zbekistonni jahon miqyosida raqobatbardosh va jozibador turistik yo'nalishga aylantirish maqsad qilingan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish