Parlamentlararo Ittifoq bosh kotibi Martin Chungong «Inson huquqlari himoyasi uchun» ko'krak nishoni bilan taqdirlandi
Dekabr 15, 2023. 17:46 • 2 daq
• 504
TOSHKENT, 15-dekabr. /"Dunyo" AA/. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikerining birinchi o'rinbosari, Inson huquqlari bo'yicha Milliy markaz direktori Akmal Saidov boshchiligidagi O'zbekiston delegatsiyasi Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi 75 yilligi tantanalariga bag'ishlangan rasmiy-madaniy tadbirlarda ishtirok etish uchun Shveysariyaga tashrifi doirasida Parlamentlararo Ittifoq bosh kotibi Martin Chungong bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Inson huquqlari bo'yicha Milliy markaz axborot xizmati ma'lumotiga ko'ra, Parlamentlararo Ittifoq bosh kotibi Martin Chungong – 2023-yilda «Inson huquqlari himoyasi uchun» ko'krak nishoni bilan taqdirlangan edi. O'zbekistonning do'sti va yaqin hamkori ushbu mukofotga inson huquqlari sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qo'shgan hissasi uchun sazovor bo'ldi.
O'zaro muloqot asnosida delegatsiya rahbari – Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikerining birinchi o'rinbosari, Inson huquqlari bo'yicha Milliy markaz direktori Akmal Saidov ushbu mukofotni egasiga tantanali ravishda topshirdi.
Martin Chungong o'zi rahbarlik qilayotgan xalqaro tashkilot faoliyatida, shuningdek, parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish va qo'shma tadbirlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish borasida O'zbekiston parlamentining o'rni alohida ekanini ta'kidladi. Shu munosabat bilan parlamentlararo hamkorlikni kuchaytirishga qo'shgan ulkan hissasi uchun Prezident Shavkat Mirziyoyevga o'z minnatdorchiligini izhor etdi.
Muloqot davomida BMT Bosh Assambleyasi 2022-yil 14-dekabrda qabul qilgan «Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda parlamentlarning rolini kuchaytirish to'g'risida»gi rezolyutsiya ham aynan O'zbekiston tashabbusi samarasi ekani yana bir bor e'tirof etildi. Parlamentlararo Ittifoq bosh kotibining aytishicha, O'zbekiston ijtimoiy himoya va gender tenglikni ta'minlash, tibbiy xizmat ko'rsatish sifatini yaxshilash, aholining ta'lim darajasini oshirish hamda yoshlar bilan ishlash sohalarida beqiyos tajribaga ega.
Suhbat yakunida Martin Chungong Parlamentlararo Ittifoqning 2025-yilga belgilangan 150-Assambleyasini O'zbekistonda o'tkazishga tayyorligini ma'lum qilgani uchun mamlakatimiz parlamentiga minnatdorlik bildirdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Doha forumi doirasida Termiz muloqotining strategik ahamiyati taqdim etildi
Nukus va Samarqand YUNESKOning Global taʼlim shaharlari tarmog‘iga qo‘shildi