Logo

Xitoyning Xebey provinsiyasidagi ko'chki oqibatida sakkiz kishi halok bo'ldi

Iyul 30, 2025. 19:11 • 28 soniya

47
Xitoyning Xebey provinsiyasidagi ko'chki oqibatida sakkiz kishi halok bo'ldi

TOSHKENT, 30 iyul. /"Dunyo" AA/. Xitoy shimolidagi Xebey provinsiyasida sodir bo'lgan ko'chki oqibatida 8 kishi hayotdan ko'z yumdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Ozarbayjonning "Report" axborot agentligi Xitoy markaziy televideniyesi ma'lumotiga tayanib yozishicha, yana to'rt kishi bedarak yo'qolgan deb hisoblanmoqda.

Qidiruv-qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda. Rasmiylar zarar ko'rgan hududda tuproqning kuchli namlangani va kutilayotgan yog'ingarchilik tufayli yana ko'chkilar xavfi borligidan ogohlantirmoqda.

Bundan avval, Pekinda kuchli yomg'ir va suv toshqini 30 kishining o'limiga sabab bo'lgani, rasmiylar esa 80 mingdan ortiq aholini evakuatsiya qilgani ma'lum qilingan edi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish