Malayziyada "Imom Buxoriy ilmiy merosini o'rganishda zamonaviy yondashuvlar" mavzusida xalqaro konferensiya bo'lib o'tdi
Oktabr 23, 2024. 11:15 • 2 daq
• 179
KUALA-LUMPUR, 23-oktabr. /"Dunyo" AA/. Malayziyaning Islom madaniyati institutida "Imom Buxoriy ilmiy merosini o'rganishda zamonaviy yondashuvlar" mavzusida xalqaro konferensiya o'tkazildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Anjumanda Malayziya Milliy universiteti, islom madaniyati instituti, xalqaro islom universiteti, Zahra fondi, xalq ta'limi vazirligi, Qur'on va sunnatni o'rganish ilmiy-tadqiqot markazi, islom ilmlari universiteti, Utar universiteti, O'zbekiston elchixonasi rahbariyati, professor-o'qituvchilar va tadqiqotchilar ishtirok etdi.
Anjumaning ochilish marosimida O'zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev so'zga chiqib, joriy yil may oyida Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohimning mamlakatimizga tashrifi ikki davlat o'rtasidagi aloqalarni yangi bosqichi olib chiqqani, tashrif davomida yurtimizning qadimiy va boy tarixidan ta'sirlangani, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Beruniy, Xorazmiy kabi allomalarning jahon ilm-fani rivojiga qo'shgan hissasini alohida e'tirof etganini ta'kidladi.
Malayziya Milliy universiteti rektori Muhammad Abdurrazzoq Imom Buxoriy ilmiy merosining tarixda ilm-fan rivojidagi ahamiyati hamda bugungi ijtimoiy hayotdagi o'rni beqiyos ekanini qayd etdi. Shuningdek, Malayziya Milliy universiteti O'zbekistondagi islomshunoslik yo'nalishidagi ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlikdan manfaatdor ekanini bildirildi.
Konferensiya davomida "Movarounnahr muhaddis olimlarining islom madaniyati rivojiga qo'shgan hissasi" va "Globallashuv sharoitida hadislarning o'rni va roli, zamonaviy yondashuvlar: O'zbekiston va Malayziya misolida" mavzusida shoʻba yig'ilishlari tashkil etildi.
Malayziyalik professor-o'qituvchilar va ilmiy tadqiqotchilar O'zbekiston zaminidan yetishib chiqqan allomalarning dunyo sivilizatsiyasidagi o'rnini alohida ta'kidladilar.
Konferensiya davomida Imom Buxoriy va Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari tomonidan nashr etilgan kitoblar taqdimoti ham o'tkazildi.
Tadbir yakunida Malayziya islom madaniyati instituti va Hadis ilmi maktabi o'rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Doha forumi doirasida Termiz muloqotining strategik ahamiyati taqdim etildi
Nukus va Samarqand YUNESKOning Global taʼlim shaharlari tarmog‘iga qo‘shildi