Mashhur hind kino yulduzi Hema Malini Toshkent xalqaro kinofestivalida ishtirok etadi
Sentabr 07, 2024. 09:44 • 45 soniya
• 1296
DЕHLI, 7-sentyabr. /"Dunyo" AA/. "Ipak yo'li durdonasi" XVI Toshkent xalqaro kinofestivalida mashhur hind kino yulduzi Hema Malini va kinorejissyori Umesh Mehra ishtirok etadi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Qadrli do'stlarim va o'zbek xalqi, meni xalqaro kinofestivalga taklif qilganlaringiz uchun minnatdorlik izhor qilaman hamda tez kunlarda Toshkentda bo'lib o'tadigan uchrashuvlarni intiqlik bilan kutib qolaman", deb ta’kidlagan Hema Malini o'zbek kino ixlosmandlariga qilgan videomurojaatida.
Kinoaktyor, prodyuser, rejissyor, raqqosa va siyosatchi Hema Malini "Zita va Gita", "Qasos va qonun", "Samrat" hamda boshqa filmlarda o'ynagan rollari bilan yaxshi tanish. Uning mashhurligi, ayniqsa, "Ali bobo va qirq qaroqchi" filmi kino ekranlariga chiqqanidan so'ng yanada yuksaklikka ko'tarilgan.
Kinotomoshabinlar uning so'nggi yillarda tushgan filmlaridan biri — "Vir va Zara"ni ham katta qiziqish bilan kutib olgan.
XVI Toshkent xalqaro kinofestivali joriy yil 15-19-sentyabr kunlari o'tkazilishi kutilmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Doha forumi doirasida Termiz muloqotining strategik ahamiyati taqdim etildi
Nukus va Samarqand YUNESKOning Global taʼlim shaharlari tarmog‘iga qo‘shildi