Logo

Londonda bo'lib o'tgan nufuzli kinofestivalda Sharof Rashidov haqidagi film "Eng yaxshi hujjatli film" nominatsiyasi g'olibi deb topildi

May 30, 2024. 12:30 • 2 daq

505
Londonda bo'lib o'tgan nufuzli kinofestivalda Sharof Rashidov haqidagi film "Eng yaxshi hujjatli film" nominatsiyasi g'olibi deb topildi

LONDON, 30-may. /"Dunyo" AA/. Shu yilning 24-28-may kunlari Londonda bo'lib o'tgan oltinchi Britaniya kinoforumi —"ECG Film Festival" doirasida bir qator kinofilmlarning taqdimoti bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"ECG Film Festival" Yevroosiyo mintaqasida kinematografiyani rivojlantirish platformasi hisoblanadi. Festivaldan ko'zlangan maqsad Yevroosiyo kinosini ingliz tilida so'zlashuvchi makonda targ'ib qilish va Yevroosiyo kino sanoati ijodkorlarini butun dunyo bo'ylab tanishtirishdan iborat. Festival 2015-yildan buyon har yili Londonda shahrida an'anaviy tarzda o'tkazmoqda.

Joriy yilgi kinofestivalga 22 mamlakatdan yuzlab talabgorlar orasidan "Eng yaxshi hujjatli film" yo'nalishida rejissyor Shuhrat Xaytovning "Sharaf Rashidov-the Inspirer for the Development of Mirzachul" ("Sharof Rashidov – Mirzacho'l rivojlanishining ilhomlantiruvchisi") nomli filmi g'olib deb topildi.

Mazkur film Londondagi "Premier Cinemas Romford" kinoteatrida namoyish etildi. Unda tomoshabinlarga mashhur davlat va jamoat arbobi Sharof Rashidovning hayot yo'li ochib bergan.

Film syujeti 1960-yillardagi Mirzacho'lning o'zlashtirilishi haqidagi hikoyaga asoslangan. Hujjatli filmda o'sha yillardagi voqealar ishtirokchilari, mehnat faxriylari, quruvchilar, mexanizatorlar, shuningdek, tarixchilar, iqtisodchilar, jurnalistlar va siyosatshunoslar bilan suhbatlar o'rin olgan.

Britaniyalik madaniyat va san'at vakillari bilan o'tkazilgan suhbatlar davomida ular filmning tarixiy ahamiyatga ega ekanligini, Mirzacho'lni o'zlashtirish kabi ulkan ishlarda o'zbek xalqi tomonidan ko'rsatilgan qahramonliklar e'tirof etildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish