Eron 4-fevraldan e'tiboran O'zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy qiladi
Fevral 01, 2024. 18:17 • 28 soniya
• 1736
TOSHKENT, 1-fevral. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston fuqarolari 4-fevraldan e'tiboran Eronga 15 kungacha vizasiz sayohat qilishlari mumkin, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Eronning Toshkentdagi diplomatik missiyasi ma'lumotiga ko'ra, O'zbekiston fuqarolariga Eronga har olti oyda bir marta vizasiz kirib, 15 kun qolishlari uchun viza olishlari talab qilinmaydi.
Shuni ta'kidlash kerakki, boshqa turdagi vizalar uchun tartiblar o'z kuchida qoladi.
Eslatib o'tamiz, Birlashgan Arab Amirliklari 16-fevraldan boshlab O'zbekiston fuqarolarini 30 kundan oshmagan muddatda ushbu mamlakat hududida bo'lishlari davrida viza talablaridan ozod etadi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Buyuk Britaniya bilan yangi aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi
O‘zbekiston bojxonachilari Jahon bojxona tashkiloti seminarida qatnashdi