Logo

Tinchlik bo'yicha Nobel mukofoti Venesuela vakiliga berildi

Oktabr 11, 2025. 13:12 • 32 soniya

30
  Tinchlik bo'yicha Nobel mukofoti Venesuela vakiliga berildi

TOSHKENT, 11-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Tinchlik bo'yicha Nobel mukofotini Venesuela vakili Mariya Korina Machado qo'lga kiritdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

 Nobel qo'mitasi venesuelalik siyosatchi Mariya Korina Machado "Venesuela xalqining demokratik huquqlarini ilgari surish yo'lidagi tinimsiz mehnati hamda diktaturadan demokratiyaga adolatli va tinch o'tish yo'lidagi kurashi" uchun ushbu mukofot bilan taqdirlanganini ma'lum qildi.

"Tinchlik bo'yicha 2025-yilgi Nobel mukofoti quyuqlashib borayotgan zulmatda demokratiya olovini yoqib, tinchlik uchun kurashuvchi jasur va fidoyi ayolga berilmoqda. Venesueladagi demokratik harakat yetakchisi Mariya Korina Machado Lotin Amerikasida so'nggi paytlarda fuqarolik jasoratining eng yorqin namunalaridan biridir", – deya ta'kidladi Nobel qo'mitasi.

 

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish