Nukus va Samarqand YUNESKOning Global taʼlim shaharlari tarmog‘iga qo‘shildi
Dekabr 07, 2025. 11:19 • 55 soniya
• 129PARIJ, 6-dekabr. /“Dunyo” AA/. 2025-yilning 4-dekabr kuni YUNESKO Nukus va Samarqand shaharlarini tashkilotning Global taʼlim shaharlari tarmog‘iga qo‘shilganini eʼlon qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
YUNESKOning Global taʼlim shaharlari tarmog‘i dunyoning dinamik shaharlarini birlashtiradi, ularda taʼlim kundalik hayotning ajralmas qismi hisoblanadi - maktablarda, ish joylarida, kutubxonalarda, uylarda va jamoat joylarida. Tashkilot qaroriga ko‘ra, dunyoning 45 mamlakatidan 70 ta nomzod shahar ushbu tarmoqqa kiritildi.
Global tarmoqning vazifasi aʼzo shaharlar o‘rtasida muloqot va o‘zaro taʼlimni rag‘batlantirish, aloqalarni yo‘lga qo‘yish, sheriklik munosabatlarini mustahkamlash, ushbu sohadagi yutuqlarni rag‘batlantirish va umr davomida taʼlim olish amaliyotini qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
Nukus va Samarqandning ushbu nufuzli tarmoqqa qo‘shilishi O‘zbekistonning ushbu shaharlarida barcha yoshdagi insonlar uchun taʼlimni rivojlantirishga qaratilgan islohotlar samarasini xalqaro hamjamiyat tomonidan yorqin eʼtirofidir.
Xususan, YUNESKO Nukusda yoshlar, ayollar va aholining zaif qatlamlari ehtiyojlariga javob beradigan inklyuziv umrbod taʼlim ekotizimini yaratishda sezilarli yutuqlarga erishilganini alohida taʼkidlaydi.
Tashkilot Samarqandda amalga oshirilayotgan uzluksiz taʼlimni rivojlantirish dasturi, zamonaviy taʼlim muassasalarining ochilishi, "Bilim Samarkand" raqamli platformasi, inklyuziv texnik va kasb-hunar taʼlimi imkoniyatlarining kengaytirilishini olqishlaydi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi

