O'zbekiston Eritreya bilan diplomatik munosabatlar o'rnatdi
Iyul 12, 2025. 13:27 • 35 soniya
• 552
NYU-YORK, 12-iyul. /"Dunyo" AA/. 10-iyul kuni Nyu-York shahrida O'zbekiston va Eritreya o'rtasida diplomatik munosabatlar o'rnatish to'g'risida Qo'shma kommyunike imzolandi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Hujjatni ikki davlat hukumatlari nomidan O'zbekistonning BMTdagi doimiy vakili Ulug'bek Lapasov va Eritreyaning BMTdagi doimiy vakili Sofiya Tesfamariam imzoladi.
Tomonlar xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT va uning ixtisoslashgan muassasalari doirasida qo'shma hamkorlikni mustahkamlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikning o'zaro manfaatli yo'nalishlarini topish uchun ikki tomonlama aloqalarni faollashtirish bo'yicha kelishuvga erishildi.
Hujjatning imzolanishi O'zbekistonning Afrika qit'asi bilan o'zaro hamkorligini faollashtirishda muhim qadam bo'ldi.
Shu tariqa, Afrikaning shimoli-sharqida joylashgan Eritreya davlati O'zbekiston bilan diplomatik munosabatlar o'rnatgan 162-davlat bo'ldi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Doha forumi doirasida Termiz muloqotining strategik ahamiyati taqdim etildi
Nukus va Samarqand YUNESKOning Global taʼlim shaharlari tarmog‘iga qo‘shildi