O'zbekiston va Somali o'rtasida diplomatik munosabatlar o'rnatildi
Fevral 06, 2025. 11:36 • 40 soniya
• 1331
NYU-YORK, 6-fevral. /"Dunyo" AA/. Kecha Nyu-York shahrida O'zbekiston va Somali o'rtasida diplomatik munosabatlar o'rnatish to'g'risidagi Qo'shma kommyunike imzolandi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Ikki mamlakat hukumatlari nomidan hujjatni O'zbekistonning BMTdagi doimiy vakili Ulug'bek Lapasov va Somalining BMTdagi doimiy vakili Abukar Dahir Usmon imzoladi.
Tomonlar xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT va uning ixtisoslashgan institutlari doirasida hamkorlikni kuchaytirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.
Siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikning o'zaro manfaatli yo'nalishlarini topish maqsadida ikki tomonlama aloqalarni faollashtirish bo'yicha kelishuvga erishildi.
Mazkur hujjatning imzolanishi O'zbekiston bilan Afrika davlatlari o'rtasidagi hamkorlikni faollashtirish yo'lidagi muhim qadam bo'ldi.
Shu tariqa, Somali Federativ Respublikasi O'zbekiston bilan diplomatik munosabatlar o'rnatgan 157-davlatga aylandi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston 2024-yilda Afrika, Amerika va Yevropaning 12 ta davlati bilan diplomatik munosabatlar o'rnatgan edi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Doha forumi doirasida Termiz muloqotining strategik ahamiyati taqdim etildi
Nukus va Samarqand YUNESKOning Global taʼlim shaharlari tarmog‘iga qo‘shildi