Fransiyaning nufuzli oliy ta'lim muassasasida "O'zbekshunoslik" kafedrasi ochildi
Iyun 05, 2025. 18:58 • 45 soniya
• 601
TOSHKENT, 6-iyun. /"Dunyo" AA/. "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tashabbusi bilan Fransiyaning nufuzli oliy ta'lim muassasalaridan biri – "Yschool" universitetida "O'zbekshunoslik" kafedrasi ochildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Uning ochilish marosimida "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetining Turizm kafedrasi mudiri Akmaljon Odilov va kafedra o'qituvchisi Alijon Suyunov qatnashdi.
Ushbu kafedraning ochilishi "Yschool" universiteti rahbariyati va talabalari tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.
Ochilish marosimida yig'ilganlarga kafedraning asosiy yo'nalishlari haqida so'zlab berildi.
Tadbir yakunida tomonlar kafedraning O'zbekiston tarixi va madaniyatini, o'zbek tili va adabiyotini Fransiyada keng targ'ib qilishda faol ishtirok etishiga umid bildirdilar.
"O'zbekshunoslik" kafedrasiga "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tomonidan O'zbekiston tarixi va madaniyati, o'zbek tili va adabiyoti, turizm va madaniy merosiga oid kitob va albomlar, shuningdek, o'zbek xalq amaliy san'ati namunalari va buyuk ajdodlarimiz suratlari topshirildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi