Polshaning Torun shahrida XI Osiyo xalqaro kongressi bo'lib o'tdi
May 25, 2024. 13:51 • 45 soniya
• 158
VARSHAVA, 25-may. /"Dunyo" AA/. Polshaning Torun shahrida "Osiyodagi xalqaro munosabatlarning o'zgaruvchan dinamikasi" mavzusida XI Osiyo xalqaro kongressi bo'lib o'tdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda Polshada akkreditatsiyadan o'tgan diplomatik korpus rahbarlari, ushbu mamlakat vazirlik va idoralar vakillari, Osiyo mamlakatlari bo'yicha olim va ekspertlar, oliy o'quv yurtlari rektorlari, jurnalistlar, va ishbilarmonlar ishtirok etdi.
Uch formatda - statsionar, gibrid va onlayn formatda o'tkazilgan anjuman muhokama panellari va vebinarlarni o'z ichiga oldi.
Ishtirokchilarga O'zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosat va biznes yuritish hamda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar haqida ma'lumot berildi. O'zbekiston va Polsha o'rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari ta'kidlandi.
Ishtirokchilar mamlakatimizning ulkan sayyohlik salohiyati va mamlakat rahbariyati tomonidan turizmni rivojlantirish hamda tegishli infratuzilmani yaratish bo'yicha ko'rilayotgan amaliy chora-tadbirlar bilan tanishdilar.
Shu yil 13-martdan boshlab yo'lga qo'yilgan Varshava va Toshkent o'rtasida muntazam to'g'ridan-to'g'ri aviaqatnovlar alohida urg'ulandi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi