Logo

AQShda bortida 20 ga yaqin yo'lovchisi bo'lgan samolyot halokatga uchradi

Iyun 09, 2025. 16:44 • 42 soniya

83
AQShda bortida 20 ga yaqin yo'lovchisi bo'lgan samolyot halokatga uchradi

VASHINGTON, 9-iyun. /"Dunyo" AA/. AQShning Tennessi shtatida bortida 20 ga nafar yo'lovchi bo'lgan samolyot qulab tushdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"ABC News" telekanalining ma'lum qilishicha, mahalliy hukumat halokat natijasida qurbonlar haqida hozircha ma'lumot bermagan. Biroq, samolyotning olti nafar yo'lovchisi kasalxonaga yotqizilgan bo'lib, ulardan birining ahvoli og'ir ekanligi aytilmoqda. Aviahalokat sabablari hozircha ochiqlanmagan.

"De Havilland Canada DHC-6 Twin Otter" rusumli yo'lovchi samolyoti parashyutdan sakrashni tashkil qilish uchun ishlatilgan bo'lib, samolyot Tallahoma shahridagi aeroport yaqinida qulab tushgan.

Avvalroq, VashingtonFiladelfiya va Alyaskada yo'lovchi samolyotlari halokatga uchragani, natijada yo'lovchilar va ekipaj a'zolaridan hech kim tirik qolmagani haqida xabar berilgan edi.

Shu yil aprel oyida esa ispaniyalik bir oila bo'lgan sayyohlik vertolyoti Nyu-Yorkdagi Gudzon daryosiga qulab tushdi.

Tennessi shtati Yo'l patrul xizmati olgan surati.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish