Britaniyadagi tadbirkor vatandoshlar O'zbekistonda mini-GESlarni qurishda ishtirok etmoqda
Dekabr 04, 2024. 16:25 • 2 daq
• 1282
LONDON, 4-dekabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasida Britaniyadagi "Moneff" va "Conspectus UK Limited" kompaniyalari asoschilari, vatandoshlar Sanjar Mavlonov va Dilshod Mixmanov bilan uchrashuv bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri

Suhbat avvalida vatandoshlarga O'zbekistonda 2017-yildan boshlab amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar natijalari bilan tanishdilar.
Ular yurtimizda biznesni rivojlantirish uchun yaratilgan imkoniyatlardan foydalanib O'zbekiston iqtisodiyotiga to'g'ridan-to'g'ri investitsiya kiritishni davom ettirishlarini bildirishdi.
Ma'lum qilinishicha, o'tgan 6 yil davomida Yangi O'zbekistonda turli loyihalar amalga oshirilgan. Bugungi kunda esa Qashqadaryo viloyatida 2025-yilga qadar mini-GESni qurish va uni ekspluatatsiyaga topshirish maqsad qilingan.
Sanjar Mavlonov va Dilshod Mixmanov Buyuk Britaniyada yashaydigan asli o'zbekistonlik tadbirkorlar hisoblanadi. 2016-yilda yurtdoshlarimiz tomonidan "Moneff" fintex kompaniyasiga asos solgan. Kompaniya Britaniya va Daniyada EMI (elektron pul muassasasi) litsenziyasiga ega. "Moneff" banklar va moliyaviy muassasalar uchun texnologik yechimlarni taqdim etadi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi