O‘zbekiston va Serbiya IT va autsorsing sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda
Noyabr 29, 2026. 09:10 • 2 daq
• 58BELGRAD, 29-noyabr. /“Dunyo” AA/. Serbiya poytaxtida O‘zbekiston va Serbiya o‘rtasida axborot texnologiyalari va autsorsing sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan “Uzbekistan Outsourcing Conference Belgrade 2026” konferensiyasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Mazkur tadbir “IT Park Uzbekistan” tomonidan Belgrad ilmiy-texnologiya parki (STP Belgrade) bilan hamkorlikda hamda O‘zbekistonning Vengriyadagi elchixonasi ko‘magida tashkil etildi.
Unda Serbiya ishbilarmon va texnologik doiralarining 100 dan ortiq vakillari ishtirok etdi.
O‘zbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov va "IT Park Uzbekistan" vakili Lazizbek Xudayev anjuman qatnashchilariga mamlakatimizning IT sohasidagi investitsiyaviy va eksport imkoniyatlari, kadrlar salohiyati, zamonaviy infratuzilmasi hamda davlat tomonidan yaratilgan imtiyoz va qo‘llab-quvvatlash choralari taqdim etildi.
Tomonlar Serbiya IT-kompaniyalarining O‘zbekiston bozoriga kirib kelishi, shuningdek, mamlakatimizdan xorijiy buyurtmachilarga IT va autsorsing xizmatlarini ko‘rsatish istiqbollarini muhokama qildilar.
Konferensiya yakunida “STP Belgrade” va O‘zbekistonning “AI Alliance” birlashmasi o‘rtasida hamkorlik memorandumini tayyorlashga kirishish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi

