O'zbekiston tashqi ishlar vaziri maslahatchisi Shveysariya elchisi bilan ikki mamlakat o'rtasidagi hamkorlikning istiqbolli yo'nalishlarini muhokama qildi
Oktabr 10, 2025. 19:12 • 50 soniya
• 226
TOSHKENT, 10-oktyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Tashqi ishlar vazirining maslahatchisi Munira Aminova kecha Shveysariya elchisi Konstantin Obolenskiy bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

TIV ma'lumotiga ko'ra, suhbat davomida tomonlar O'zbekiston va Shveysariya o'rtasidagi hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollarini muhokama qildilar. Uchrashuvda iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, ko'p tomonlama aloqalarni kengaytirish hamda mintaqaviy integratsiya jarayonlarida o'zaro hamkorlikni kuchaytirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
Shveysariyaning O'zbekistonda suv xo'jaligi, ta'lim, raqamlashtirish va ekologiya sohalaridagi loyihalarni amalga oshirishda moliyaviy va texnik ko'mak ko'rsatishdagi hissasi qayd etildi.
Tomonlar "Blue Peace Central Asia" dasturi doirasida qo'shma tashabbuslarni davom ettirish muhimligini ta'kidladilar. Shuningdek, "El-yurt umidi" jamg'armasi va Shveysariyaning yetakchi oliy o'quv yurtlari bilan malakali kadrlar tayyorlash hamda akademik almashinuvlarni rivojlantirish sohasidagi hamkorlik alohida qayd etildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar ikki tomonlama va ko'p tomonlama darajalarda o'zaro manfaatli hamkorlikni yana-da mustahkamlashga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.
"Dunyo" AA olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi