Logo

O'zbekiston tashqi ishlar vazirining o'rinbosari Gruziya elchisi bilan uchrashdi

May 05, 2025. 21:45 • 31 soniya

740
O'zbekiston tashqi ishlar vazirining o'rinbosari Gruziya elchisi bilan uchrashdi

TOSHKENT, 5-may. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vazirining o'rinbosari Bobur Usmanov bugun Gruziya elchisi David Kotaria bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

TIV ma'lumotiga ko'ra, tomonlar O'zbekiston va Gruziya o'rtasidagi munosabatlarning ijobiy sur'atda rivojlanayotganini ta'kidlab, ustuvor yo'nalishlarda o'zaro manfaatli hamkorlikni yanada chuqurlashtirish bo'yicha sa'y-harakatlarni davom ettirish zarurligini qayd etdilar.

Uchrashuv davomida joriy yilning mart oyida Gruziya Bosh vazirining O'zbekistonga rasmiy tashrifi yakunlariga ko'ra erishilgan kelishuvlarning ijrosi holati muhokama qilindi.

Shuningdek, joriy yil oxirigacha rejalashtirilgan qo'shma tadbirlar jadvali yuzasidan fikr almashildi.

 

"Dunyo" AA olgan surat

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish