O'zbekiston va Gruziya tashqi ishlar vazirlari o'rinbosarlari oliy darajadagi ikki tomonlama uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayonini muhokama qildilar
Iyun 13, 2025. 11:44 • 47 soniya
• 52
TOSHKENT, 13-iyun. /"Dunyo AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Bobur Usmanov Gruziya tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Aleksandr Xvtisiashvili bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
TIV ma'lumotiga ko'ra, uchrashuv mehmonning IV Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgani doirasida bo'lib o'tdi.
Tomonlar O'zbekiston va Gruziya o'rtasidagi siyosiy, parlamentlararo, savdo-iqtisodiy, transport-logistika hamda madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikning hozirgi holatini batafsil muhokama qilib, ikki tomonlama aloqalarning ijobiy sur'atda rivojlanayotganini ta'kidladilar.
Joriy yil mart oyida Gruziya Bosh vazirining O'zbekistonga amalga oshirgan rasmiy tashrifi chog'ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish borasidagi ishlar atroflicha ko'rib chiqildi.
Ikki davlat tashqi siyosat idoralari o'rtasida faol muloqotni davom ettirishga qat'iy tayyorlik tasdiqlandi. Bu esa ikki tomonlama kun tartibidagi barcha masalalarni samarali muvofiqlashtirish va o'zaro manfaatli hamkorlikni chuqurlashtirish bo'yicha yangi takliflar ishlab chiqishga xizmat qiladi.
"Dunyo" AA olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi