Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Rimda Italiya Bosh vaziri bilan uchrashdi
Oktabr 15, 2025. 22:31 • 34 soniya
• 225

TOSHKENT, 15-oktabr, /"Dunyo" AA/. Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Rimda Italiya Bosh vaziri Jorja Meloni bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.
"Bugun Rimga tashrifimiz chogʻida Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorja Meloni Xonim Oliyalari bilan samimiy va mazmunli muloqot oʻtkazdik, - deb yozdi Oʻzbekiston TIV rahbari oʻzining telegram kanalida. - Oʻzbekiston-Italiya oʻrtasidagi strategik sheriklik munosabatlarining ijobiy sur'atda rivojlanayotganini qayd etdik, barcha yoʻnalishlarda hamkorlikni kengaytirish borasidagi oʻzaro intilishlarimizni yana bir bor tasdiqladik.
Italiya Yevropadagi Oʻzbekistonning eng yaqin hamkorlaridan biri sifatida alohida oʻrin tutadi. Ishonch, doʻstlik va taraqqiyotga sodiqlik tamoyillariga asoslangan sherikligimizni yanada rivojlantirishda davom etamiz".
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi