O'zbekiston tashqi ishlar vaziri telefon orqali Qozog'istonning yangi tayinlangan tashqi ishlar vazirini tabrikladi
Sentabr 29, 2025. 18:52 • 49 soniya
• 393
TOSHKЕNT, 29 sentyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Yermek Kosherbayev bilan orqali muloqot qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
"Qozog'iston Respublikasi tashqi ishlar vaziri etib tayinlangan Yermek Kosherbayev janoblari bilan telefon orqali muloqot qildik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – Hamkasbimni ushbu lavozimga tayinlangani bilan tabriklab, unga o'ta muhim missiyasida muvaffaqiyatlar tilaymiz. Shuningdek, strategik sheriklik va ittifoqchilik aloqalarini yanada kengaytirish, hamda mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorligimizni muhokama qildik.
O'zbekiston va Qozog'iston Tashqi ishlar vazirliklari O'zbekiston-Qozog'iston Davlat Rahbarlari o'rtasida erishilgan barcha kelishuvlarni amalga oshirish yo'lida yaqindan hamkorlik qilishda davom etishini ta’kidladik".
Yangi tayinlangan vazir Yermek Kosherbayev 60 yoshda. U 2025 yilning 26 sentyabriga qadar Qozog'iston Bosh vazirining o'rinbosari lavozimida ishlab kelgan. Qozog'iston davlat universitetini tamomlagandan so'ng mamlakat TIVda ishlagan. Keyinchalik davlat va xo'jalik idoralarida, Tashqi ishlar vazirligida, xorijiy vakolatxonalarda turli lavozimlarda faoliyat olib borgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi