O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Jakartada ASEAN bosh kotibi bilan uchrashdi
Fevral 11, 2025. 17:01 • 42 soniya
• 129
TOSHKENT, 11-fevral. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Indoneziyaga tashrifi davomida Jakartada ASEAN bosh kotibi Kao Kim Xorn bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"ASEAN Bosh kotibi Kao Kim Xorn janobi oliylari bilan samarali uchrashuv o'tkazdik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – Suhbatimiz davomida Markaziy Osiyo va ASEAN o'rtasidagi hamkorlik ko'lamini kengaytirish va chuqurlashtirish muhimligini ta'kidladik. Muzokaralarimiz keng ko'lamli ustuvor mavzularni, jumladan, mintaqaviy rivojlanish, mintaqalarimiz mamlakatlari o'rtasidagi ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash, savdo, xavfsizlik va barqaror rivojlanish kabi sohalarda hamkorlikning yangi yo'llarini o'rganishni qamrab oldi. Umumiy chaqiriqlarni hal qilish va o'zaro manfaatli imkoniyatlardan foydalanish uchun yaqinroq hamkorlik qilish zarurligi haqida kelishib oldik. Rivojlanayotgan aloqalarimiz har ikki mintaqada farovonlik va barqarorlikni ta'minlashning kaliti bo'lishi aniq".
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi