Logo

Seul shahrida O'zbekiston va Janubiy Koreya tashqi ishlar vazirlarining ikki tomonlama muzokaralari bo'lib o'tdi

Noyabr 04, 2024. 19:28 • 50 soniya

860
Seul shahrida O'zbekiston va Janubiy Koreya tashqi ishlar vazirlarining ikki tomonlama muzokaralari bo'lib o'tdi

TOSHKENT, 4-noyabr. /«Dunyo»/. Bugun Seul shahrida O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Janubiy Koreya tashqi ishlar vaziri Cho Txe Yol bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" axborot agentligi muxbiri.

"Bugun Seul shahrida Koreya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Cho Txe Yol janoblari bilan uchrashishdan mamnunmiz, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va Koreya Respublikasi Prezidentining joriy yil Iyun oyida Toshkentda bo'lib o'tgan muloqoti yuqori texnologiyalar, innovatsion iqtisodiyot, "yashil" energetika, aqlli qishloq xo'jaligi va boshqa sohalarda yana-da faol hamkorlikka yo'l ochganini qayd etdik. Mamlakatlarimiz o'rtasidagi barcha kelishuvlarni ro'yobga chiqarish, ayniqsa, iqtisodiy sohada yangi kompleks loyihalarni ishlab chiqish, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro miqyosdagi hamkorlikka alohida e'tibor qaratdik".


Eslatib o'tamiz, Prezident Yun Sok Yol shu yilning 13-15-iyun kunlari davlat tashrifi bilan O'zbekistonda bo'ldi. Tashrif davomida ikki mamlakat yetakchilari Alohida strategik sheriklikni yana-da chuqurlashtirish va har tomonlama kengaytirish to'g'risidagi Qo'shma bayonotni imzoladilar.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish