Qoraqalpog‘istonda kuvaytlik shifokorlar ishtirokida 187 ta bepul operatsiya o‘tkazildi
Noyabr 01, 2026. 16:00 • 2 daq
• 110AL-KUVAYT, 1-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Kuvaytdagi elchixonasi tashabbusi bilan Qoraqalpog‘istonda “Al-Amal” tibbiyot guruhi va “Shayx Abdulla an-Nuri” jamiyati mutaxassislari ishtirokida xayriya tibbiyot missiyasi tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Mazkur missiya doirasida 36 nafar kuvaytlik shifokor 317 dan ortiq bemorni bepul ko‘rikdan o‘tkazib, 187 ta murakkab jarrohlik amaliyotini bajardi. Tibbiy yordam kardiologiya, onkologiya, ginekologiya, plastik jarrohlik, oftalmologiya, ortopediya va umumiy jarrohlik kabi 7 ta yo‘nalish bo‘yicha ko‘rsatildi.
Loyihaning umumiy qiymati 4,2 million dollarni tashkil etib, shundan 3,9 million dollari tibbiy xizmatlarga, 300 ming dollari esa zarur jihoz hamda sarflash materiallariga yo‘naltirildi.
Bunday xayriya dasturining ikkinchi bosqichi bo‘lib, birinchisi 2025-yil 29-aprel – 5-may kunlari Nukus shahrida o‘tkazilgan edi. O‘shanda 420 nafar bemorga bepul tibbiy yordam ko‘rsatilib, 36 ta operatsiya bajarilgan.
Tashrif doirasida O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashida qator uchrashuvlar o‘tkazilib, Kegeyli, Qonliko‘l va To‘rtko‘l tumanlarida nogironligi bo‘lgan bolalar uchun ambulator reabilitatsiya markazlarini tashkil etish loyihalari muhokama qilindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi



