TIVda bo'lib o'tgan uchrashuvda O'zbekiston va xalqaro tashkilotlar o'rtasidagi hamkorlik istiqbollari ko'rib chiqildi
Iyun 18, 2025. 17:44 • 36 soniya
• 797
TOSHKENT, 18-iyun. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Toshkent shahrida akkreditatsiyadan o'tgan xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari rahbarlari bilan muvofiqlashtiruvchi uchrashuv bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

TIV ma'lumotiga ko'ra, tadbir davomida O'zbekistonning xalqaro tuzilmalar bilan hamkorligining asosiy yo'nalishlari bo'yicha interaktiv fikr almashinuvi bo'ldi. Hamkorlikning joriy holati va uni milliy rivojlanish ustuvorliklari kontekstida kengaytirish istiqbollariga alohida e'tibor qaratildi.
Hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar, yaqinlashib kelayotgan xalqaro tadbirlarga tayyorgarlik, shuningdek, amaldagi mamlakat dasturlarining ijrosi muhokama qilindi. O'rta muddatli istiqbolga mo'ljallangan yangi strategik hujjatlarni ishlab chiqish masalalari ham ko'tarildi.
Uchrashuv yakunida hamkorlik samaradorligini oshirish va muvofiqlashtirishni kuchaytirish maqsadida bunday uchrashuvlarni muntazam o'tkazib borishga kelishib olindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi