Hindistonning yangi elchisi O'zbekiston tashqi ishlar vaziriga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi
Iyun 04, 2024. 13:14 • 50 soniya
• 491
TOSHKENT, 4-iyun. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Hindistonning yangi elchisi etib tayinlangan Smita Pantni qabul qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Hindistonning O'zbekistondagi Elchisi etib tayinlangan Smita Pant xonim bilan uchrashish va uning ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilishdan mamnunmiz, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram kanalida. – Turli sohalarda, jumladan, qishloq xo'jaligi, turizm, transport, logistika va boshqa yo'nalishlarda aloqalarni kengaytirish bo'yicha birgalikdagi sa'y-harakatlarimizni muhokama qildik. Savdo va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish asosiy maqsadimiz bo'lib qoladi. Elchi xonimga ikki tomonlama munosabatlarimizning foydalanilmagan salohiyatini kashf etishda muvaffaqiyatlar tilaymiz".
Tajribali diplomat Smita Pant Toshkentga tayinlanganiga qadar Hindiston Tashqi ishlar vazirligining Bangladesh va Myanma bo'yicha departamenti direktori lavozimida ishlagan. Undan avval esa TIV markaziy apparatida va chet eldagi diplomatik vakolatxonalarda turli lavozimlarda ishlagan.
Yangi elchi 2020-yildan 2024-yilgacha Hindistonning Toshkentdagi elchixonasiga rahbarlik qilgan Manish Prabxat o'rniga tayinlandi.
Anvar Ilyosov olgan surat ("Dunyo" AA)
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi