Logo

Janubiy Koreya Prezidenti O'zbekiston tashqi ishlar vaziri va Markaziy Osiyo mamlakatlari TIV rahbarlarini qabul qildi

Noyabr 04, 2024. 19:03 • 44 soniya

845
Janubiy Koreya Prezidenti O'zbekiston tashqi ishlar vaziri va Markaziy Osiyo mamlakatlari TIV rahbarlarini qabul qildi

TOSHKENT, 4-noyabr. /"Dunyo"/. Amaliy tashrif bilan Seulda bo'lib turgan O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi hamkasblari bilan birgalikda Janubiy Koreya Prezidenti Yun Sok Yol tomonidan qabul qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Hamkasblarimiz bilan birga Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol Janobi Oliylari tomonidan qabul qilinganimizdan mamnunmiz, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylari nomidan eng samimiy tilaklarimizni yetkazdik. Koreya Respublikasi O'zbekistonning azaliy va alohida strategik sherigidir. Rahbarlarimiz misli ko'rilmagan sur'at bilan rivojlanib borayotgan keng qamrovli munosabatlarimizda yangi sahifa ochdilar".


Eslatib o'tamiz, Prezident Yun Sok Yol shu yilning 13-15-iyun kunlari davlat tashrifi bilan O'zbekistonda bo'ldi. Tashrif davomida ikki mamlakat yetakchilari Alohida strategik sheriklikni yana-da chuqurlashtirish va har tomonlama kengaytirish to'g'risidagi Qo'shma bayonotni imzoladilar.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish