O'zbekiston TIV rahbarining o'rinbosari va Singapur elchisi ikki tomonlama hamkorlik kun tartibining dolzarb masalalarini muhokama qildilar
Iyun 21, 2025. 13:28 • 42 soniya
• 52
TOSHKENT, 21-iyun. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vazirining o'rinbosari Muzaffar Madrahimov kecha Singapur elchisi (qarorgohi Singapur shahrida joylashgan) Zulkifli Baharudin bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

TIV ma'lumotiga ko'ra, muzokaralar chog'ida tomonlar O'zbekiston – Singapur munosabatlarining hozirgi holati va istiqbollarini muhokama qildilar, 2023-yilda oliy darajadagi o'zaro tashriflar doirasida erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi borasida fikr almashdilar.
Tomonlar siyosiy muloqotni, jumladan, xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni kengaytirish, savdo va investitsiya sohalarida sheriklik munosabatlarini rivojlantirish, yangi qo'shma investitsiya loyihalarini tezroq ishga tushirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.
Shuningdek, tomonlar ta'lim, davlat xizmatchilarini tayyorlash va malakasini oshirish, turizm va sog'liqni saqlash sohalaridagi hamkorlikni chuqurlashtirish maqsadida muntazam tashriflar va ikki mamlakatning turli idoralari o'rtasidagi aloqalarni mustahkamlash muhimligini ta'kidladilar.
"Dunyo" AA olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi