O'zbekiston Prezidentining maxsus vakili Shvetsiya Adliya vazirligi departamenti direktori bilan Afg'oniston yo'nalishidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi
May 16, 2025. 10:06 • 33 soniya
• 760
TOSHKENT, 16-may. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidentining Afg'oniston bo'yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev kecha Shvetsiya Adliya vazirligi huzuridagi Migratsiya masalalari departamenti direktori Sofiya Ostmark bilan muzokaralar o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

TIV ma'lumotiga ko'ra, suhbat chog'ida tomonlar ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini, jumladan migratsiya sohasidagi o'zaro aloqalar va mintaqaviy kun tartibini muhokama qildilar.
Afg'onistondagi vaziyat va insonparvarlik yo'nalishidagi hamkorlikning mumkin bo'lgan shakllari yuzasidan fikr almashishga alohida e'tibor qaratildi.
Uchrashuv konstruktiv ruhda o'tdi hamda amaliy muloqotni yana-da chuqurlashtirish borasida tomonlarning o'zaro manfaatdorligini tasdiqladi.
"Dunyo" AA olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi